Jurnalistlarning navbatdagi manzili “G‘ANI BOBO BOG‘I” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli zamonaviy issiqxonasi bo‘ldi. Ushbu MCHJ tasischisi Shohruh G‘aniyevning aytishicha, 6 gektar maydonda tashkil etilgan ushbu issiqxona umumiy qiymati 31 625,0 mln. so‘m mablag‘ hisobiga, shundan 3 300,0 mln. so‘mi loyiha tashabbuskorlar mablag‘i, 2 750,0 ming AQSH dollari tijorat bankining xorijiy kredit liniyasi mablag‘i sarflanishi hisobiga barpo etildi. Natijada ushbu issiqxonada 55 ta yangi ish o‘rni yaratildi.



Turkiyalik tajribali agronom Vulkan Aydin nazoratida gidroponika usulida yetishtirilgan pomidorlarning 90 foizi Rossiya davlatiga eksport qilinmoqda. Joriy yilda zamonaviy issiqxona yonidan yana 4 gektar maydonda yangi issiqxona qurilishi davvom ettirilmoqda. Kuz fazliga borib issiqxonaning jami maydoni 10 gektarni tashkil etadi.



Karmana tumani rasmiy sahifalari👇
@karmana_tumani_axborot_xizmati (https://t.me/karmana_tumani_axborot_xizmati)